Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat uchun berilgan litsenziyalar reyestri yangilandi

10.09.2024 1319

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat uchun berilgan litsenziyalar reyestri yangilandi
 


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi tomonidan:

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi litsenziatlar;

Litsenziyalovchi komissiyaning 2024 yil 4 sentyabrdagi qaroriga binoan bekor qilingan litsenziyalar;

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish va olib chiqish uchun berilgan sertifikatlar va tranzit ruxsatnomalar to‘g‘risidagi

 axborotlar yangilandi.

Ushbu ma’lumotlar bilan Markazning rasmiy veb-sahifasida tanishishingiz mumkin.

Narkotiklar nazorati qo‘mitasi faoliyati bilan bog‘liq savollar bo‘yicha quyidagi elektron pochta manzili nnqkomitet@ssv.uz va (71) 242-84-59, 203-01-01 (ichki raqamlar 2180-2185) orqali murojaat qilishingiz mumkin.